Redmi 8A raqibi – toza Android’li va o‘ta arzon Nokia 2.3 chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1367
  •  06.12.2019 10:00

Redmi 8A raqibi – toza Android’li va o‘ta arzon Nokia 2.3 chiqdi (+video)

HMD Global kompaniyasi Misrdagi tadbirida yangi – Nokia 2.3 smartfonini namoyish etdi. Bu – shu yil yozda taqdim qilingan juda arzon Nokia 2.2 modelining davomchisidir.

O‘QING: Nokia arzon narxli afsonaviy «raskladushka»sini yangi qiyofada chiqardi! (+video)

Android One dasturi doirasiga kiruvchi Nokia 2.3 texnik xususiyatlari yaxshilangan, ammo narxi ham shunga yarasha sal oshgan. Unga toza Android 9 Pie operatsion tizim talqini o‘rnatilgan – u ikki yil mobaynida funksional yangilanishlarni hamda uch yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini olib turishi kafolatlangan.

Nokia 2.3 o‘lchami diagonaliga 6,2 dyuymlik, tasvir aniqligi 720x1520 pikselga teng ekran bilan ta’minlangan. Bosh kamerasida 13 va 2 megapiksellik datchiklar va fotochaqnoq bitta tikka blokka birlashtirilgan. Old kamerasi ekran kemtigiga joylangan bo‘lib, datchik aniqligi 5 megapikselni tashkil etadi. Smartfonga barmoq izi skaneri o‘rnatilmagan, lekin old kamerada egasini yuzidan tanish orqali tizimni qulfdan chiqarish funksiyasi bor. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatni tashkil etadi.

O‘QING: Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

Nokia 2.3 apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio A22 protsessori tashkil etadi. Tezkor xotirasi 2, ichki xotirasi esa 32 gigabaytlik. To‘rtinchi avlod – 4G LTE tarmog‘ini, Wi-Fi (802.11 b/g/n) hamda Bluetooth 5.0, GPS va GLONASS interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. FM-radio, standart 3,5 millimetrlik audiotirqish hamda micro USB porti mavjud. Smartfon korpusining o‘lchamlari 157,69x75,41x8,68 millimetrni tashkil etadi, 183 gramm tosh bosadi.

Mana, yangi smartfonga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videoni tomosha qilamiz:

Nokia 2.3 shu oyning o‘rtalarida global bozorga chiqadi va narxi 109 yevro atrofida bo‘ladi. Kompaniya ushbu modeli bilan Redmi 8A singari arzon smartfonlarga qarshi raqobatga kirishmoqchi. Brendning ayrim telefonlarini atigi 340 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konidan sotib olish mumkin.

O‘QING: Nokia Smart TV namoyish etildi: narxi, jihatlari va videosi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!