Redmi 8’ning yirik kamchiligi borasida Xiaomi o‘zini oqlashga bahona topdi!

  •   DiMaX
  •  3225
  •  16.10.2019 09:24

Redmi 8’ning yirik kamchiligi borasida Xiaomi o‘zini oqlashga bahona topdi!

«Xitoycha Apple» yaqinda namoyish etgan Redmi 8 modelini «Avtonomlik bo‘yicha chempion» deya maqtagan edi. Biroq undagi muhim bir kamchilikni taqdimotda izohlamasdan o‘tib ketgan.

O‘QING: 15 xil Xiaomi smartfonlari endi yangilanmaydi, 20 xildagisi uchun MIUI ishlab chiqish to‘xtatildi!

Gap shundaki, Redmi 8 smartfoniga Snapdragon 439 protsessori o‘rnatilgan, buni esa orqaga tashlangan qadam, deya baholash mumkin. Chunki hatto uning oldingi «ajdod»i – Redmi 7 (sotib olish) smartfonida ham undan kuchliroq – Snapdragon 632 chipseti qo‘llangan!

Kuni kecha korporatsiyaning Redmi bo‘linmasi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) shu masalani izohlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi smartfonning «elektron yuragi» borasida bir qarorga kelishdan oldin kompaniya o‘z mijozlari orasida bir nechta so‘rovlar o‘tkazgan.

Ularda ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchilarning aksariyati kuchliroq protsessordan ko‘ra 18 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/soatlik akkumulyator hamda USB-C portini afzal ko‘rishgan. Shu boisdan Redmi muhandislari yangi qurilmaning narxini maqbul ko‘rsatkichda ushlab turish uchun unga Snapdragon 632 o‘rniga arzonroq Snapdragon 439 protsessorini o‘rnatishgan.

O‘QING: Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Lyu Veybing yana shuni ta’kidladiki, kompaniya bu protsessorni maksimal darajada optimizatsiya qilgan, shuningdek, Redmi 8 modelida 2 gigabaytlik tezkor xotirali modifikatsiyani olib tashlagan va tizimga grafikani tezlashtiruvchi Mi Turbo 2.0 rejimini joriy etgan.

Nima ham derdik – hammasiyam narxiga yarasha-da... Eslatib o‘tamiz, global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning yaqinda namoyish qilingan smartfonlari – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!