Redmi 9: arzon «to‘rtko‘z» smartfonni yangi «jonli» rasmda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1558
  •  06.04.2020 11:20

Redmi 9: arzon «to‘rtko‘z» smartfonni yangi «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining arzonchi brendi nomidan bir nechta smartfon namoyish etib ulgurdi. Lekin aksariyat ularning eng arzoni – Redmi 9 hamda Redmi 9a taqdimotini kutyapti.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Biz yaqindagina Redmi 9 modelining birinchi «jonli» suratlarini ko‘rsatgan edik. Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) uning navbatdagi «jonli» suratini e’lon qildi. Aniqrog‘i, unda ushbu smartfonning to‘rt modulli bosh kamerasi yaqindan ko‘rsatilgan.

MediaTek Helio G80 protsessorli Redmi 9 smartfonining bosh kamerasida asosiy datchik 13 megapiksellik ekanini rasmda ko‘rishimiz mumkin. Sun’iy intellektga ega kvadrokameraning qolgan sensorlari esa 8, 5 va 2 megapiksellik modullardir.

Redmi 9 daktiloskopik datchigi bosh kameraning tikka joylashgan uchta moduli ostiga o‘rnatilgan. Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi bu smartfonini 22,5 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlayapti.

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!