Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  7435
  •  29.02.2020 09:53

Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

«Xitoycha Apple»ning Redmi K30 5G modeli hozirda eng arzon 5G-smartfon bo‘lib turibdi. Kompaniya uning yanada ilg‘or versiyasi – Redmi K30 Pro flagmanini ham tayyorlagan, ammo...

O‘QING: Redmi rahbari: «K30 Pro kambag‘albop smartfon bo‘lmaydi»!

Redmi K30 5G smartfonining tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 6/128 gigabaytlik varianti dastlab 335 dollarga baholangan edi. Kompaniya allaqachon uning narxini pasaytira boshlagan – Xitoyda ayni shu konfiguratsiyalisini endi 286 dollarga olish mumkin.

Kuzatuvchilar buni mazkur brendning yangi smartfonlari tez orada namoyish etilishi bilan bog‘lashmoqda. Jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi allaqachon uning M2003J6B2G, M2003J6A2G va M2003J6A1G katalog raqamli smartfonlarini sertifikatlagan. Bular esa tegishlicha Redmi 9, Redmi Note 9 hamda Redmi Note 9 Pro modellariga tegishlidir.

Shuningdek, YeIK ma’lumotlar bazasida yana bitta – M2002F4LG katalog raqamli Xiaomi smartfoni ham sertifikatsiyadan o‘tgan. Biroq bu ma’lumotni ulashgan insayderning o‘zi ham uning qanaqa qurilma ekanini bilmayapti.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari egalari, koronavirusning navbatdagi zarbasiga tayyor turing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!