Redmi 9: yangi ma’lumotlar, taqdimot kuni, narxi va «jonli» rasmlar

  •   DiMaX
  •  12300
  •  04.06.2020 17:32

Redmi 9: yangi ma’lumotlar, taqdimot kuni, narxi va «jonli» rasmlar

Xiaomi korporatsiyasining direktori yaqinda Redmi 9 modelini «jonli» ko‘rsatgan edi. Kompaniyaning bu yilgi eng arzon smartfoni esa Redmi 9A bo‘lishi kerak, yana kutilmagan Redmi 9C modeli haqida ham ma’lumot chiqqan.

O‘QING: 394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Gizmochina nashri insayderlar ma’lumotlariga asoslanib, Redmi 9 smartfonining ayrim yangi xususiyatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mzkur modelda avval aytilganidek MediaTek Helio G25 yoki Helio G70 emas, balki ulardan kuchliroq Helio G80 protsessori qo‘llanadi.

Smartfonning kvadrokamerasi 13, 8, 5 va 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oladi. Redmi uni 3/32 hamda 4/64 gigabaytlik xotiraga ega variantlarda, 25 iyun kuni Vetnamda taqdim etadi.

Shuningdek, internetda ikki xil rangdagi korpuslarga ega Redmi 9 smartfonlarining «jonli» rasmi tarqaldi:

Xabarlarga ko‘ra, Vetnamda ushbu smartfonni 150 AQSh dollaridan arzonroqqa sotishadi. Hindiston va Xitoyda esa uning narxi yanada pastroq bo‘lishi aytilmoqda.

Redmi 9 xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlarda uning ekrani 6,6 dyuymlik, akkumulyatori esa 5 020 mA/soatlik, deyishmoqda. Mazkur telefon 4G standartigacha uyali aloqa tarmoqlarini, shuningdek, ikki diapazonli Wi-Fi’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon qadog‘ida 10 vattlik zaryadnik ham bo‘ladi.

O‘QING: Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!