Redmi 9C bilan raqobat: Realme ham atigi 100 dollarlik smartfon namoyish qildi!

  •   DiMaX
  •  2565
  •  30.06.2020 13:57

Redmi 9C bilan raqobat: Realme ham atigi 100 dollarlik smartfon namoyish qildi!

Xiaomi kompaniyasi Malayziyada bugun Redmi 9A hamda Redmi 9C smartfonlarini taqdim etdi. Ular Redmi brendining ushbu turkumdagi eng arzon modellari sifatida maydonga tushdi.

O‘QING: Barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshladi

Oppo korporatsiyasi aynan «xitoycha Apple»ning Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun tashkil etgan RealMe subbrendi ham qarab turmadi. Shu bugunning o‘zidayoq u ham Redmi 9C bilan bir xil narxdagi Realme C11 modelini chiqardi.

Realme C11 korpusi polikarbonatdan ishlangan bo‘lib, o‘lchami 164,4x75,9x9,1 millimetrga, vazni 196 grammga teng. Smartfonda diagonaliga 6,5 dyuymlik LCD-ekran qo‘llangan, uning tasvir aniqligi HD+ formatida (720x1600 piksellik). Qurilma old yuzasining 88,7% qismini displey band etgan.

Smartfonning apparat ta’minoti asosini aynan Redmi 9C modelida qo‘llangan Helio G35 protsessori tashkil etadi. Aytish kerakki, MedaTek shu va Helio G25 (Redmi 9A modelida debyut qilgan) chipsetining namoyishini bugun – 30 iyun kuni o‘tkazgan.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Realme C11 smartfonining tezkor/ichki xotira hajmi ham Xiaomi bugun namoyish qilgan juftlikniki bilan bir xil – 2/32 gigabaytlik; unda yana MicroSD formatidagi xotira kartasi uchun slot ham bor. Smartfon Android 10 operatsion tizimi asosida tayyorlangan Realme UI grafik qobig‘i bilan chiqarilgan.

Tok sig‘imi 5000 mA/soatga teng bo‘lgan Realme C11 akkumulyatori 10 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi. Uning selfi-kamerasi 5 megapiksellik bo‘lsa, bosh kamerasi 13 hamda 2 megapiksellik modullardan iborat. Bu jihatidan Redmi 9C ustun – unda 5 megapiksellik uchinchi datchik ham mavjud. Shuningdek, Xiaomi smartfonida qo‘llangan daktiloskopik datchik ham Realme C11 modelida yo‘q.

Realme C11 ikki xil – Mint Green hamda Pepper Grey ranglardagi korpuslarda taklif etiladi. Uning ilk xaridorlariga Realme Buds 2 quloqchini ham qo‘shib beriladi.

O‘QING: Galaxy M01 namoyish etilib, sotuvga ham chiqdi – Redmi va Realme arzon smartfonlariga Samsung javobi! (+video)