Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  34612
  •  08.06.2020 11:06

Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi brendi hali Redmi 9 modelini rasman namoyish qilgani yo‘q. Lekin kompaniyaning o‘zi uni allaqachon AliExpress onlayn bozoridagi Xiaomi rasmiy do‘konida sotuvga chiqargan!

O‘QING: Redmi yangi smartfonini bozorga chiqarib, oldingi ikkitasini arzonlashtirdi

Redmi 9 narxi u yerda o‘ta baland e’lon qilingan bo‘lsa, Filippindagi boshqa bir – Lazada internet-do‘koni mazkur smartfon uchun asl narxida oldindan buyurtma ola boshladi. Shu bilan birga, qurilmaning texnik xususiyatlari ham tasdiqlandi.

Kompaniya mazkur modelining «elektron yuragi» tarzida Helio G80 protsessorini tanlagan. Redmi uni tezkor/ichki xotirasi hajmiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada chiqaradi va MicroSD xotira kartasi uchun slot ham ko‘zda tutilgan.

Shunday qilib, Redmi 9 modelida 6,53 dyuymlik, FullHD+ formatli ekran qo‘llangan. Uning tomchisimon kemtigiga 8 megapiksellik selfi-kamera joylangan. 13 + 8 + 5 + 2 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oluvchi kvadrokamera blogi ostida esa barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Qurilmaning 5 020 mA/soatlik akkumulyatori USB-C porti orqali 18 vattgacha texnologiya asosida tezkor quvvat oladi. Redmi 9 korpusida quloqchin uchun 3,5 millimetrlik standart audiotirqish hamda maishiy texnika jihozlarini boshqaruv pulti sifatida qo‘llash uchun infraqizil port ham mavjud.

Shu bilan birga, Xiaomishka nashri ushbu qurilma har ikkala tomonidan sifatli tarzda ko‘rsatilgan «jonli» suratni e’lon qildi:

Darvoqe, Lazada onlayn do‘koni oldindan buyurtma bergan xaridorlarga Redmi 9 smartfonlarini 25 iyundan yetkazib beradi. Qurilmaning narxi esa 3/32 gigabaytligi uchun 147 dollarga teng bo‘lsa, 4/64 gigabaytlik varianti uchun 160 dollar ekvivalentiga teng.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!