Redmi 9i taqdim etildi: MIUI 12, katta xotira, kuchli akkumulyator va arzon narx!

  •   DiMaX
  •  5981
  •  15.09.2020 17:58

Redmi 9i taqdim etildi: MIUI 12, katta xotira, kuchli akkumulyator va arzon narx!

Xiaomi kompaniyasi bugun – 15 sentyabr kuni Hindistonda onlayn taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda arzonchi brendning Redmi 9i rusumli smartfoni namoyish etildi.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Avval ham yozganimizdek, yangi taqdim qilingan Redmi 9i smartfoni iyunning so‘ngida Malayziyada namoyish qilgan o‘ta arzon Redmi 9A modeli bilan deyarli bir xil. Faqat unda tezkor va doimiy xotira hajmi katta.

Redmi 9i diagonaliga 6,53 dyuymlik, IPS matritsali LED-ekran bilan jihozlangan. Tomonlarining o‘zaro nisbati 20:9 bo‘lgan displeyda tsvir aniqligi 720x1600 pikselni tashkil etadi.

Bu smartfon boshlang‘ich darajadagi o‘yinbop Helio G25 protsessori bazasida ishlaydi. Redmi 9i tezkor xotirasi faqat 4 gigabaytlik, LPDDR4x turidagi chip bo‘lsa, doimiy xotira hajmiga ko‘ra 64 va 128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Taqqoslash uchun, Redmi 9A modeli tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 2/32 va 3/32 gigabaytlik variantlarda sotilmoqda.

Redmi 9A kabi, Redmi 9i ham Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning korpusida ham microSD formatidagi xotira kartasi uchun slot bor.

O‘QING: Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

Redmi 9i smartfonida ekran kemtigiga 5 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan, bosh kamerasi esa 13 megapiksellik yakka sensorga ega. Telefonga 5000 mA/soatlik batareya o‘rnatilgan bo‘lib, u 10 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvat oladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, akkumulyatorining bitta to‘la quvvati smartfonni ikki kun ishlatishga yetadi.

Bu gadjetning korpusi namlikni haydovchi P2i qoplamaga ega. Xiaomi uni 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 5.0 hamda GPS interfeyslari bilan ta’minlagan. Redmi 9i ikkita SIM-karta sloti, microUSB porti hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqishga ega.

Hindistonda ushbu smartfon xotira hajmiga ko‘ra 113 va 126 dollarga teng narxlarda, 18 sentyabrdan sotuvga chiqadi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!