Redmi atigi 120 dollardan boshlanuvchi ikki xil aqlli televizorini sota boshladi

  •   DiMaX
  •  1030
  •  30.09.2020 10:07

Redmi atigi 120 dollardan boshlanuvchi ikki xil aqlli televizorini sota boshladi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi yaqinda o‘z aqlli televizorlarining yangi – Redmi Smart TV A turkumini chiqarayotganini e’lon qilgan. Mazkur turkumning ilk vakili – Redmi Smart TV A55 ikki hafta oldin taqdim etilgan bo‘lsa, Redmi Smart TV A50 modeli o‘tgan hafta so‘ngida chiqqan.

O‘QING: Xiaomi birinchi 5G va 8K-televizorining taqdimot kunini e’lon qildi

Rasmiy taqdimotida va’da berganidek, kompaniya o‘zining Redmi Smart TV A50 rusumli ushbu 4K-televizorini bugun – 30 sentyabrdan sotuvga chiqardi. Xitoyda uning uchun 235 AQSh dollariga teng narx belgilangan; gadjetning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqarilishi haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Redmi kompaniyasi, bundan tashqari, ushbu turkumning eng ixcham va eng arzon vakilini ham namoyish qilib, bugun biryo‘la sotuvga chiqardi. Redmi Smart TV A32 nomli bu devays mazkur brendning eng arzon televizoridir. Ya’ni, unga 135 dollarlik narx belgilangan; ammo xaridorlar chegirma kuponi yordamida uni 15 dollarga arzon olishlari mumkin.

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, eng arzon Redmi televizorining ekrani diagonaliga 32 dyuymlik o‘lchamda, displeyning tasvir aniqligi esa 1366x768 piksellik. Xiaomi bu mahsulotini to‘rtta ARM Cortex-A53 yadrosini hamda Mali-450 grafik tezlatgichini o‘z ichiga oluvchi protsessor bilan ta’minlagan. Redmi Smart TV A32 modelining tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 1 hamda 8 gigabaytlik hajmga ega. MIUI for TV 3.0 proshivkali smart-televizor Xiao Ai 3.0 ovozli yordmchisi bilan ta’minlangan.

O‘QING: Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!