Redmi bestsellerini Antarktidaga nega jo‘natishyapti?

  •   DiMaX
  •  1078
  •  16.01.2020 17:08

Redmi bestsellerini Antarktidaga nega jo‘natishyapti?

Smartfonsozlar o‘z mahsulotlarini raqobatchilaridan ajratib ko‘rsatish uchun bir-biridan antiqa ishlarga qo‘l urishadi. Buning uchun ko‘pincha maxsus himoyaga ega bo‘lmagan oddiy qurilmalarni ekstremal sharoitlarda sinab ko‘rsatishadi.

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) o‘zining Weibo-sahifasida antiqa rasmiy chiqish qildi. Unga ko‘ra, ommabop Redmi Note 8 smartfonini ertaga – 17 yanvar kuni Antarktidaga yuborishadi. Mazkur arzon smartfon hatto qahratonda ham o‘zini ko‘rsata olishini kompaniya sayyoramizning eng janubiy materigida isbotlab ko‘rsatmoqchi.

Mazkur post «Live for the challenge» shiori tushirilgan plakat bilan e’lon qilingan. Sovuqda smartfonni qay tariqa sinab ko‘rishlari haqida tafsilotlar aytilmagan, ammo Antarktida iqlimi o‘ta qahraton bo‘lib, qishda Selsiy shkalasi bo‘yicha -75 darajagacha tushadi.

O‘QING: Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!