Redmi bestsellerining eng qimmat versiyasini endi eng arzoni narxida olish mumkin

  •   DiMaX
  •  4647
  •  17.02.2020 10:22

Redmi bestsellerining eng qimmat versiyasini endi eng arzoni narxida olish mumkin

Xiaomi korporatsiyasining Redmi Note 8 Pro modeli dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar ro‘yxatidan tushmay kelayotir. Talab kuchli bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchi uni qimmatlatish o‘rniga narxini pasaytirdi.

O‘QING: Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

Redmi Note 8 Pro smartfonining eng yuqori konfiguratsiyadagi – tezkor xotirasi 8, doimiysi esa 128 gigabaytlik varianti Xitoyda dastlab 257 dollarga teng narxda sotuvga chiqqan edi. Ushbu mamlakatda hozir uni arzonlatishgan – endi ushbu qurilmani o‘z yurtida 194 dollarga olish mumkin. Aytish kerakki, birinchi bor savdoga qo‘yilganida uning eng kichik – 6/64 gigabaytlik xotiraga ega talqini uchun aynan shunday narx belgilangan edi.

Ta’kidlash kerakki, Redmi Note 8 Pro modelining asosiy o‘ziga xosligi – 64 megapiksellik Samsung GW1 sensorini o‘z ichiga oluvchi to‘rttalik bosh kamerasidir. Shuningdek, bu devaysning ishlash samaradorligi ham zo‘r: AnTuTu e’lon qilgan o‘rta narxli eng zo‘r Android-smartfonlar reytingida u yetakchi bo‘lgan.

O‘QING: «O‘yin boshlandi» – AnTuTu’ning yangi qiroli Xiaomi Mi 10’ni tor-mor etmoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!