Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini rasman e’lon qildi – uni shu oydayoq ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1359
  •  13.04.2021 18:05

Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini rasman e’lon qildi – uni shu oydayoq ko‘ramiz!

Xiaomi korporatsiyasi geymerlarga mo‘ljaldangan smartfon va boshqa gadjetlarini Black Shark brendi ostida taqdim etib kelmoqda. Lekin «Xitoycha Apple»ning arzonchi – Redmi hamda Poco brendlariga mansub ayrim telefonlari ham o‘yinlarga moslab optimizatsiya qilingan.

O‘QING: Ekstremal flagman – Snapdragon 888 chipli Xiaomi Mi 11X taqdimoti rasman e’lon qilindi! (+video)

Redmi brendi o‘zining geymerlarga mo‘ljallangan birinchi smartfonini taqdim etishini o‘tgan oydayoq aytgan edi. Ishlab chiqaruvchi endi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, ular bittagina telefon bilan cheklanib qolishmoqchi emas – bu butun boshli geymercha qurilmalar seriyasi bo‘ladi.

Ulardan birinchisi shu aprel oyidayoq namoyish etiladi, biroq Redmi hozircha bu smartfonning nomini aytmayapti. Oldinroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, unga MediaTek kompaniyasi shu yilning yanvarida namoyish qilgan flagmani – sakkiz yadroli Dimensity 1200 rusumli 5G-protsessori o‘rnatilmoqda. Ayni damda ushbu chipset bazasida faqat bitta – Realme GT Neo smartfoni taqdim qilingan.

Redmi‘ning birinchi geymerofonida yana old kamera uchun eng mitti tirqishli (xuddi Xiaomi Mi 11, Redmi K40, Redmi K40 Pro hamda K40 Pro+ flagmanlaridagi kabi) OLED-displey qo‘llanadi. Akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik bo‘lib, 65 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Bu smartfon Xitoyda taxminan 300–380 dollardan sotilishini aytishmoqda, tashqi bozorga esa uni keyinroq, Poco brendi ostida chiqarishlari mumkin.

Darvoqe, 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon ro‘yxatida ikkita o‘rinni Redmi‘ning eng arzon smartfonlari egallaganidan xabaringiz bormi? Lekin...

O‘QING: Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!