Redmi bitta flagmanini naq 110 dollarga arzonlashtirib, yana birini MIUI 12’gacha yangilayapti!

  •   DiMaX
  •  3233
  •  18.09.2020 09:53

Redmi bitta flagmanini naq 110 dollarga arzonlashtirib, yana birini MIUI 12’gacha yangilayapti!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendiga mansub Redmi K30 flagmani eng arzon 5G-smartfon sifatida namoyish etilgan edi. Shunday bo‘lsa-da, Redmi K30 Ultra yubiley flagmani taqdimoti oldidan kompaniya uni rekord darajada arzonlashtirgan.

O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Keyingi oylarda boshqa kompaniyalar undan ham arzon 5G-smartfonlar taqdim etishdi. Masalan, ularning ichida eng arzoni – Realme V3 narxi atigi 146 dollardan boshlanadi! Mazkur raqobatni hisobga olib, Redmi K30 narxini Xitoyda yanada pasaytirishdi.

Xitoydagi ommabop onlayn do‘kon – JD.com platformasida hozir tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik Redmi K30 smartfonini 1499.00 yuandan sotishyapti, bu esa taxminan 222 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Mazkur modelning ayni shu konfiguratsiyali varianti dastlab 332 dollardan sotuvga chiqqanini hisobga olsak, kompaniya uni naq 110 dollarga arzonlashtirgan!

O‘QING: Redmi 9i taqdim etildi: MIUI 12, katta xotira, kuchli akkumulyator va arzon narx!

Bundan tashqari, Xiaomi shu kunlarda mazkur turkumning yana bir vakili – Redmi K30 Pro modelini barqaror MIUI 12 grafik qobig‘igacha yangilamoqda. MIUI V12.0.9.0.QJKCNXM raqamli mazkur proshivka hajmi birmuncha katta – 3,2 gigabayt keladi.

Kompaniya mazkur apdeytni dunyoning turli hududlari bo‘ylab bosqichma-bosqich tarqatadi, shu boisdan bizning hududlarga sal keyinroq yetib kelishi ham mumkin. Lekin eng muhimi – ushbu apdeytni o‘rnatishdan oldin smartfondagi ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib, kompyuterda saqlab olishni Redmi K30 Pro egalaridan Xiaomi’ning o‘zi so‘ramoqda.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!