Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

  •   DiMaX
  •  3554
  •  17.08.2020 13:56

Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi shu yilning mart oyida Redmi TV turkumining eng ulkan vakili – Redmi Max 98 televizorini taqdim etilgan edi. Yaqinda kompaniyaning 10 yilligiga bag‘ishlangan arzonlatib sotish aksiyasida ushbu gadjet ham ishtirok etgan.

O‘QING: Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» kuni kecha o‘sha yubileyga bag‘ishlab arzonlatib sotilgan mahsulotlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya bir kunda naq 1660 dan oshiq Redmi Smart TV Max 98 televizorini sotishga erishgan!

Xiaomi ta’kidlashicha, oldin bunaqa gigant o‘lchamli televizorlar bir oyda 100 donadan kamroq sotilar edi. Redmi brendi esa dunyoda birinchi bo‘lib bir kunda 1000 donadan oshiq ulkan televizor sotishga erishgan.

Redmi Smart TV Max 98 hozirda faqat o‘z vatanida, taxminan 2800 AQSh dollariga teng narxda sotilmoqda. Boshqa birorta ishlab chiqaruvchida bunchalik qulay narxli taklif yo‘q.

O‘QING: Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi