Redmi degani – faqat smartfon emas: RedmiBook 14 noutbuki ham shu oydayoq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1166
  •  15.05.2019 08:56

Redmi degani – faqat smartfon emas: RedmiBook 14 noutbuki ham shu oydayoq chiqadi!

Xiaomi korporatsiyasi Redmi brendini mustaqil qilib ajratgach, u faol tarzda bir nechta modelda smartfonlar taqdim etdi. Ammo u faqatgina arzon telefonlar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilmoqchi emas, masalan...

O‘QING: Atigi 120 dollarlik Redmi 1A namoyish qilindi, lekin u smartfon emas!

Mazkur brend o‘zining flagmanlarini Redmi K20 deb nomlayotgani va mazkur turkumning ikkita smartfoni shu oydayoq taqdim etilishi haqida xabar berganmiz. Endi ma’lum bo‘lishicha, Redmi ular bilan birga o‘zining ilk noutbukini ham namoyish etmoqchi!

Mazkur gadjet RedmiBook 14 deb ataladi va u allaqachon Bluetooth SIG saytida «ko‘rindi». Katalog raqami XMA1901-XX bo‘lgan ushbu noutbuk Bluetooth 5.0 standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Nomiga qaraganda, RedmiBook 14’ning displeyi diagonaliga 14 dyuymlik o‘lchamga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, unda tasvir aniqligi Full HD formatida bo‘lgan IPS matritsasi qo‘llanadi. Mazkur noutbukning Intel protsessori bazasida ishlashi ham tasdiqlangan.

Redmi K20 turkumi flagmanlarining hamda RedmiBook 14 noutbukining namoyish sanasi hozircha aniq emas. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ayrim kompaniyalarning turli rusumlardagi noutbuklarini 2 119 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Lenovo dunyodagi ilk qayishqoq ekranli noutbuk – ThinkPad X1’ni namoyish etdi!