Redmi dunyodagi eng arzon 5G-flagmanni yap-yangi protsessorli «ekstremal» versiyada chiqardi

  •   DiMaX
  •  1207
  •  11.05.2020 15:22

Redmi dunyodagi eng arzon 5G-flagmanni yap-yangi protsessorli «ekstremal» versiyada chiqardi

Xiaomi o‘tgan yilning dekabrida taqdim etgan qurilma – Redmi K30 modeli eng arzon 5G-smartfon sifatida ma’lum. To‘g‘ri, Realme kompaniyasi undan ham zo‘r Realme X50m 5G qurilmasini chiqargan, lekin...

O‘QING: Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Bugun – 2020 yilning 11 may sanasida Redmi brendi ushbu flagmanining yangi talqinini taqdim etdi. Redmi K30 5G Extreme Edition deb atalgan ushbu model Qualcomm endigina namoyish etgan Snapdragon 768G protsessorli ilk smartfondir.

Esingizda bo‘lsa, amerikalik chipsoz Snapdragon Technology Summit nomli rasmiy taqdimot tadbirida o‘rta narxli 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 765G chipsetini taqdim qilgan, Redmi K30 5G esa ushbu protsessorli birinchi model bo‘lgan edi. Snapdragon 768G esa xuddi o‘sha Snapdragon 768G chipsetining takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, samaradorligi 10 foizga oshirilgan, deyishyapti.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Snapdragon 768G protsessori 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan bo‘lib, unda bitta yadro 2,8 GGs, yana bittasi 2,4 GGs chastotali, qolgan oltit adro esa 1,8 GGs.lik chastotaga ega. Qualcomm ta’kidlashicha, uning asosiy yadrolari samaradorlikda Snapdragon 855 chipsetidan 30 foizga yuqori. Redmi qo‘shimcha qilishicha, chipset tarkibidagi sun’iy idrok ishiga mas’ul bo‘lgan neyron protsessorning arxitekturasi Snapdragon 865 flagmanidagi bilan bir xil. Yangi chipset jamlanmasida grafika uchun Adreno 620 tezlatgichi mas’ul.

Redmi K30 5G Extreme Edition smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, «ekstremal» flagmanning boshqa xususiyatlari «oddiy» Redmi K30 5G modelidan farq qilmaydi. Ishlab chiqaruvchi uni 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega versiyada, 280 dollardan sotmoqchi. Uning birinchilar qatorida MIUI 12 grafik qobig‘ini qabul qilishi ham ma’lum.

Aytish kerakki, Xiaomi yanada arzon Redmi K30i rusumli 5G-smartfonni ham tayyorlayapti.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: MIUI 12’gacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!