Redmi endi 4K-televizorlar ham taqdim etadi, narxlari kulgili!

  •   DiMaX
  •  4160
  •  26.07.2019 14:13

Redmi endi 4K-televizorlar ham taqdim etadi, narxlari kulgili!

Xiaomi korporatsiyasi Redmi brendini mustaqil qilib ajratgach, u faol tarzda bir nechta modelda smartfonlar taqdim etdi. Arzon smartfonlardan tashqari, ushbu brend ostida kir yuvish mashinasi hamda noutbuk ham namoyish qilingan.

O‘QING: Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi yetakchisi Lu Veybing (Lu Weibing) kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida chiqish qilib, yaqin orada Redmi televizorlari sotuvga qo‘yilishiga ishora qilgan.

Manbalarga ko‘ra, ayni damda kamida ikkita rusumda – L70M5-RA hamda L40M5-FA model raqamlari ostida Redmi TV tayyorlanmoqda. Nomidagi raqamlariga qaraganda, ular tegishlicha 70 va 40 dyuymlik ekranlarga ega.

O‘QING: Xiaomi Mi TV televizorlarining yangi lineykasini namoyish etdi

Bundan tashqari, insayderning ta’kidlashicha, har ikkala modeldagi televizor ham 4K tasvir sifatli (3840x2160 piksellik) panellar bilan ta’minlanmoqda. Ularning narxi «kulgili darajada» past bo‘ladiki, bozorda Redmi televizorlariga boshqa birorta kompaniya mahsuloti raqobatchi bo‘la olmaydi.

Redmi TV’larning taqdimot vaqti hamda xususiyatlari hozircha aniq emas. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi televizorlarni atigi 950 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Samsung Sero – «yoshlarbop» tikka televizor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!