Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

  •   DiMaX
  •  5869
  •  28.09.2020 12:05

Redmi eng arzon smartfonini ham eng kuchli modifikatsiyada chiqardi

Xiaomi kompaniyasi iyunning so‘ngida bor-yo‘g‘i 84 dollardan boshlanuvchi Redmi 9A smartfonini namoyish qilgan edi. 15 iyul kuni esa uning va yana Redmi 9 hamda Redmi 9C modellarining global taqdimotini ham o‘tkazgan.

O‘QING: Redmi 9i taqdim etildi: MIUI 12, katta xotira, kuchli akkumulyator va arzon narx!

Redmi 9A dastlab tezkor v ichki xotira hajmiga ko‘ra faqat bir xil – 2/32 gigabaytlik variantda taqdim etilgan bo‘lsa, keyinchalik uning turli xotirali modifikatsiyalari ham chiqqan.

Bundan ikki haftacha avval Xitoyda bu qurilmaning 4/128 gigabaytligi chiqqan bo‘lsa, endi Redmi uning «operativka»sini ham yanada kuchaytirib chiqarishga qaror qildi. Ya’ni, Redmi 9A modeli o‘z yurtida 29 sentyabrdan 6/128 gigabaytlik variantda ham sotila boshlaydi.

To‘qqizinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzon modelining yangi – eng katta tezkor/doimiy xotiraga ega varianti uchun Xitoyda taxminan 146 AQSh dollariga teng narx belgilangan.

Taqqoslash uchun: Xitoyda ayni shu Redmi 9A smartfonining 4/128 gigabaytlik variantini 117 dollardan, 4/64 gigabaytligini esa 88 dollardan sotishmoqda. Boshlang‘ich konfiguratsiyali – 2/32 gigabaytlik variantining narxi esa hozir 73 dollarga tushib qolgan.

Redmi 9A modelining texnik xususiyatlari mana bu xabarimizda kengroq berilgan. Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa ushbu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: MIUI 13 interfeysining ilk videosi hamda unga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari ro‘yxati chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.