Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!

  •   DiMaX
  •  4180
  •  20.01.2020 10:07

Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!

Xiaomi o‘tgan yilning avgustida taqdim etgan arzon Redmi Note 8 Pro modeli dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingida yuqori o‘rinlardan tushmay kelayotir. Kompaniya yaqinda uni yangi versiyada chiqargan bo‘lsa, endi narxini yana pasaytirdi.

O‘QING: Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro

Ushbu arzonlashuv Redmi Note 8 Pro modelining faqat eng kichik konfiguratsiyadagi – 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantiga taalluqli. Xitoyda uni oldin 199 dollardan sotishayotgan bo‘lsa, endi mahalliy bozorda 175 dollardan olish mumkin bo‘ladi.

Garchi MediaTek Helio G90T platformasi tufayli, boshqa proshivka o‘rnatganda «g‘ishtga aylanib» qolayotgan bo‘lsa-da, Redmi Note 8 Pro smartfoni yaxshi sotilyapti. Savdoga chiqqan ilk kunida undan 300 mingdan oshiq, dastlabki uch oyda esa o‘n milliondan ziyod sotishgan.

O‘QING: Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!