Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

  •   DiMaX
  •  3524
  •  28.10.2019 11:47

Redmi eng ommabop smartfonining Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshladi!

Xiaomi kompaniyasi avvalroq namoyish qilgan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro dunyo bo‘yicha juda ommalashdi. Bularning ikkinchisi, mana uch haftadirki, eng ommabop smartfonlar reytingida yetakchi bo‘lib kelayotir, birinchisi esa ikki haftadan beri top-o‘ntalikning ikkinchi pog‘onasida.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Shu kunlarda ma’lum qilinishicha, Redmi Note 8 smartfonlar turkumi kutilayotgan fantastik blokbaster – «Terminator: Qora qismat» («Terminator: Dark Fate») filmining rasmiy hamkori bo‘lgan. Xiaomi ushbu filmni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus – Redmi Note 8 Pro Terminator Edition versiyasini ham taqdim etdi.

Uning texnik xususiyatlari oddiy Redmi Note 8 Pro (sotib olish) modelidan farq qilmaydi, faqat smartfonning o‘zi va qadog‘i «Terminator: Qora qismat» filmi dizaynida ishlangan.

O‘QING: Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Redmi Note 8 Pro Terminator Edition versiyasi Ispaniyada 29 oktyabrdan ochiq savdoga chiqadi, uning uchun oldindan buyurtma olish esa allaqachon boshlangan. Xiaomi Spain onlayn do‘konida o‘sha kuni flesh-karta ham arzonlashtirib sotiladi. Shuningdek, dastlabki kungi xaridorlar sovg‘a tariqasida Terminator: Dark Fate g‘ilofini ham qabul qilib oladilar. Redmi Note 8 Pro Terminator Edition smartfonida yana eksklyuziv raqamli kontent ham bo‘lishi aytilayotir.

Yana bir quvonarli jihati shundaki, Redmi Note 8 Pro Terminator Edition versiyasi o‘sha kuni 229 yevro narxida sotiladi. Aytish kerakki, oddiy Redmi Note 8 Pro uchun 249 yevro miqdorida narx belgilangan.

Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.