Redmi eng ommabop va hamyonbop smartfonlarini yanada arzon versiyalarda chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  2298
  •  20.12.2019 11:44

Redmi eng ommabop va hamyonbop smartfonlarini yanada arzon versiyalarda chiqaryapti

AnTuTu yaqindagina chiqargan reytingga ko‘ra, Redmi Note 8 Pro o‘rta narxli smartfonlarning eng zo‘ridir. Shuningdek, ushbu qurilma dunyo bo‘ylab trenddagi telefonlar reytinglarida ham yuqori o‘rinlardan tushmay kelayotir.

O‘QING: Xiaomi’ning eng qudratli flagmani arzonlashdi

Redmi Note 8 Pro tezkor/ichki xotirasining hajmiga ko‘ra uch xil – 6/64, 6/128 hamda 8/128 gigabaytlik variantlarda taqdim etgan. Mashhur insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-akkauntida yozishicha, Xiaomi uning yanada arzon – tezkor xotirasi 4 gigabaytlik variantini ham taqdim etmoqchi.

Aytish kerakki, ayni shu Redmi Note 8 Pro bilan bog‘liq bitta noxush jihat ham bor:

O‘QING: Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

Bundan tashqari, yana shu manbaning xabariga ko‘ra, hamyonbop Redmi 8 modelining ham arzon varianti tayyorlanmoqda. Ushbu brend sakkizinchi avlod smartfonlarining eng arzonlaridan biri bo‘lgan ushbu qurilma dastlab 3/32 va 4/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotaralarga ega talqinlarda chiqarilgan.

Mukul Sharma esa Redmi 8’ning ham yanada arzon – 2/16 gigabaytlik variantda chiqishini aytgan va manba sifatida yana TENAA saytidan olingan skrinshotni ko‘rsatgan:

Xiaomi har ikkala holatda ham smartfonlarning boshqa xususiyatlarini o‘zgarishsiz qoldiryapti. Narxlarini esa ular taqdim etilganidan so‘ng bilib olamiz, yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting.

Darvoqe, allaqachon Redmi 9 turkumida ham smartfonlar tayyorlana boshlaganidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Redmi'dan kutilmaganda navbatdagi taqdimot!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.