Redmi eng zo‘r flagmanini yanada kuchaytirib, Xiaomi Mi 10’dan ham qimmat sotyapti!

  •   DiMaX
  •  2671
  •  09.04.2020 09:33

Redmi eng zo‘r flagmanini yanada kuchaytirib, Xiaomi Mi 10’dan ham qimmat sotyapti!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi 24 mart kuni Redmi K30 Pro flagmani hamda uning Redmi K30 Pro Zoom Edition versiyasini taqdim etgan. Bularning birinchisi hozirda eng kuchli bo‘lib turgan Android-protsessorga, ya’ni Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasiga ega bo‘lgan eng arzon smartfondir.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Kamerasi kuchaytirilgan Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanining eng yuqori varianti 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik ichko xotiraga ega bo‘lib, 564 dollardan sotilib kelayotgan edi. Endi kompaniya uni yanada kuchaytirilgan – 12/512 gigabaytlik variantini taqdim etdi. Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi brendi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibong) buni quyidagi poster orqali e’lon qilgan:

Kuchaytirilgan – 12/512 gigabaytlik Redmi K30 Pro Zoom Edition kamerofoni allaqachon Xitoyda savdoga chiqarilgan bo‘lib, unga 635 dollar narx belgilangan. Bu esa hatto kompaniyaning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi Xiaomi Mi 10 flagmanidan ham qimmat!

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu premial talqindagi Redmi K30 Pro Zoom Edition modelining 12 gigabaytlik tezkor xotirasi eng yangi va samarador – LPDDR5 toifali chipdir. Tabiiyki, saqlagich tarzida ham eng so‘nggi rusumdagi – UFS 3.1 turiga mansub flesh-xotira tanlangan.

Uning boshqa jihatlari avvalgidek qolgan; ta’kidlash o‘rinliki, Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanining 64 + 20 + 13 + 8 megapiksellik kvadokamerasi 3 karralik optik yaqinlashtiruv va to‘rtta o‘qli barqarorlashtirish texnologiyalariga ega.

Darvoqe, standart Redmi K30 Pro modeli AnTuTu benchmarki bo‘yicha 2020 yilning mart oyidagi eng kuchli flagmanlar o‘ntaligiga ham kirgan.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!