Redmi flagmani narxini tushirib, eng arzon smartfonini global bozorga chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  2128
  •  09.07.2020 13:06

Redmi flagmani narxini tushirib, eng arzon smartfonini global bozorga chiqaryapti

Xiaomi kompaniyasi Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlarini o‘tgan yilning may oyi so‘ngida taqdim etgan. Shu kungacha bir nechta marta ularning narxlari pasaytirilgan, chunki Redmi K30 turkumida ham bir qator flagmanlar chiqib ulgurgan, yana...

O‘QING: Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

Redmi brendining Hindiston bo‘linmasi e’lon qilishicha, bugundan boshlab Redmi K20 Pro modelining 6/128 gigabaytlik varianti arzonlashtirilgan.

Shu mamlakatdagi Flipkart, Amazon hamda Xiaomi do‘konlaridan uni 13 iyulgacha odatdagi 386 dollar o‘rniga 333 dollar evaziga olish mumkin.

O‘QING: Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

Mazkur kompaniya yaqindagina Redmi 9A hamda Redmi 9C smartfonlarini namoyish qilgan. Ular Redmi brendining ushbu turkumdagi eng arzon modellari sifatida Malayziyada sotuvga chiqqan.

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) xabar berishicha, Redmi 9A modeli tez orada Yevropa bozoriga ham taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz – Redmi 9A qurilmasi Helio G25 protsessoriga tayangan ilk smartfon bo‘lib, 2/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. Telefon diagonaliga 6,53 dyuymlik, HD+ formatli IPS-ekran hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

Redmi 9A uchun Malayziyada taxminan 84 dollarga teng narx belgilangan, uning Yevropada qanchadan sotilishi esa hozircha noma’lum. Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Ikkita Xiaomi smartfoni arzonlashdi, bittasining narxi 100 dollarga pasaydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.