Redmi gigant televizor olganlarga eng yangi smartfonidan qo‘shib beryapti!

  •   DiMaX
  •  2442
  •  12.12.2020 14:23

Redmi gigant televizor olganlarga eng yangi smartfonidan qo‘shib beryapti!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi shu yilning mart oyida Redmi TV turkumining eng ulkan vakili – Redmi Max 98 televizorini taqdim etgan edi. 25 iyun kuni esa Redmi brendi mazkur gigant televizorining rekordini e’lon qilgan.

O‘QING: Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

Kompaniya endi o‘z yurtida qiziq aksiyani yo‘lga qo‘ydi: Redmi Max 98 televizori xaridorlariga yangi chiqqan Redmi Note 9 smartfonidan qo‘shib berishyapti. Lekin aynan qaysi modeli – Redmi Note 9 5G yoki Redmi Note 9 4G ekanligi aniq emas.

To‘g‘ri, biror gadjet xarid qilganda boshqa bir devaysni tekinga olish yoqimli. Lekin televizorning 3055 dollarlik narxi fonida 150–300 dollarlik smartfon arzimas bir qo‘shimchadek tuyuladi.

Mazkur aksiyaning shu kunlarda joriy etilishi ham bejiz emas – Redmi Max 98 modeli ilk bor Xitoydagi oflayn do‘konda sotuvga chiqarilmoqda. Shu paytgacha esa bu televizor faqat onlayn magazinlarda sotilar, to xarid qilmaguncha uni hech qayerda ushlab ko‘rishning ham imkoni yo‘q edi.

Darvoqe, kompaniya avvalroq ushbu gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatgan edi. Lekin jahondagi ilk shaffof televizor – Mi TV Lux Transparent Edition modeli eng qiziqarlisi bo‘lib, kompaniya uni o‘zining o‘n yilligiga bag‘ishlangan tadbirida taqdim etgan.

O‘QING: Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!