Redmi gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1095
  •  10.04.2020 16:22

Redmi gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatdi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi smartfonlardan tashqari yana kir yuvish mashinasi, poverbank, quloqchin, noutbuk, fitnes-braslet, router hamda televizor ham namoyish qilingan. Redmi TV turkumining eng ulkan vakili – Redmi Max 98 televizori esa yaqinda taqdim etilgan.

O‘QING: Nokia Smart TV namoyish etildi: narxi, jihatlari va videosi!

Redmi Max 98 smart-televizorining rasmiy savdosi Xitoyda bugun – 10 aprelda boshlandi. Shu munosabat bilan Redmi brendi zavodda ushbu gigantni yig‘ish jarayoni aks ettirilgan videoni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Redmi Max 98 umuman inson ishtirokisiz, avtomatlashtirilgan tizimda – robotlar yordamida terilar ekan. Avvalroq Xiaomi zavodida robotlar soniyasiga bittadan smartfon chiqarishi aytilgan edi.

Quyida Redmi Max 98 televizorining tayyorlanish jarayonini ko‘ramiz:

Bunchalik ulkan modelni ishlab chiqarish jarayoni uchun kerak bo‘ladigan hudud esa oddiy televizorlar ishlab chiqariladigan zavodnikidan naq 10 baravarga katta va ancha murakkab.

Eslatib o‘tamiz, ekran diagonali naq 98 dyuymlik bo‘lgan Redmi Max 98 narxi ham shunga yarasha – 2825 dollarga teng.

O‘QING: LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli