Redmi hamda Huawei smartfonlarining yurtimizga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi!

Redmi hamda Huawei smartfonlarining yurtimizga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi!

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd. 100 mln. so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi.

Божхоначилар 1 млрд. 100 млн. сўмлик смартфонларнинг ноқонуний олиб кирилишини фош қилишди

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi “Kobalt” va “Neksiya 3” rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qo‘l telefonlari borligi aniqlandi.

"Redmi” va “Huawei” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd. 100 mln. 102 ming so‘mni tashkil qilar ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘QING: Klassik telefonlar kimga kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!