Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

  •   DiMaX
  •  2194
  •  05.05.2020 17:09

Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlari kutilganidan ham muvaffaqiyatli chiqdi. Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu qurilmalar uchun ayrim hududlarda haliyam global versiyadagi barqaror Android 10 proshivkasi tarqatilmayapti.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Lekin shu kunlarda ma’lum bo‘lishicha, Redmi Note 8’lar yaqin orada kamida MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10’gacha yangilanadi. Lekin ular uchun MIUI 12 proshivkasining tarqatilishini ham ko‘p kutmaymiz!

Xiaomi korporatsiyasining Indoneziya bo‘linmasi bosh menejeri Elvin Se (Alvin Tse) rasman ma’lum qilishicha, Redmi Note 8 modeli uchun Android 10 asosidagi proshivka yangilanishi shu yilning iyul oyiga rejalashtirilgan.

Redmi Note 8 Pro egalariga esa omad yanada kulib boqqan – ular may oyining o‘zidayoq o‘ninchi avlod «yashil robotcha»ni qabul qilib olishadi! Darvoqe, mazkur smartfon Samsung’ning eng qimmat flagmanlaridan biri – Galaxy S20+ modelini mag‘lub etganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!