Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

  •   DiMaX
  •  2687
  •  25.05.2019 15:18

Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Xiaomi kompaniyasining 28 may kuni taqdim etiladigan Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari haqida bir-biridan qiziq xabarlar chiqishda davom etmoqda. Ularning dunyo bozoriga chiqish-chiqmasligiga ham ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda.

O‘QING: Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Bu boradagi ma’lumotni @stufflistings niki bilan mashhur bo‘lgan insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) taqdim etdi. Uning Twitter tarmog‘ida yozishicha, Redmi K20 Pro flagmani Yevropa bozoriga Xiaomi Mi 9T Pro modeli sifatida taqdim etiladi.

Shundan kelib chiqib, mazkur insayder Redmi K20 smartfonining ham jahonga Xiaomi Mi 9T nomi bilan chiqishini taxmin qilgan. Mukul Sharma ushbu gadjetlarning bir necha suratlarini ham e’lon qilgan, ularni mana bu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

Shuningdek, Xiaomi tarqatgan yana bir tizer Redmi K20 smartfonlarida kontaktsiz to‘lov uchun NFC moduli ham bo‘lishini tasdiqlaydi:

Bulardan tashqari, internetda Redmi K20 modelining rasmiy reklama banneri surati ham tarqaldi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, ushbu qurilmada Snapdragon 730 protsessori, 48 MPlik datchikka ega kamera, 7-avlod ekranosti daktiloskopi hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llanishi tasdiqlangan.

O‘QING: Xiaomi arzon Redmi 7A smartfonini rasman namoyish etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!