Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

  •   DiMaX
  •  3018
  •  03.10.2019 12:22

Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi 19 sentyabr kuni Redmi K20 Pro Premium rusumli smartfonini namoyish etgan edi. U amaldagi eng ilg‘or Snapdragon 855 Plus protsessori bazasidagi eng arzon flagman bo‘lib, allaqachon AnTuTu’da kuchini ko‘rsatishga ham ulgurgan.

O‘QING: AnTuTu’ning yangi qiroli: «sharshara ekranli» ilk smartfon salkam 500 ming ball oldi! (+narxlari)

Ammo Redmi brendining jiddiy raqibi chiqqanidan xabaringiz bor va bu – Oppo kompaniyasining Realme subbrendidir. Mazkur kompaniya ertaga – 4 oktyabr kuni Realme X2 Pro rusumli flagmanini Ispaniyada namoyish etmoqchi. Mazkur qurilma Snapdragon 855 Plus chipsetiga ega eng arzon smartfon bo‘lishini ishlab chiqaruvchi rasman aytgan.

Shu kungacha chiqqan ma’lumotlarga qaraganda, Realme X2 Pro arzon va kuchli bo‘lishidan tashqari, yana bir qator xususiyatlariga ko‘ra tengsiz bo‘lyapti. Avvalo, uning diagonaliga 6,55 dyuymlik Full HD+ displeyi 90 gerslik yangilanish chastotasiga ega.

O‘QING: Realme X2 Pro haqida yangi ma’lumot e’lon qilindi

Endi rasmiy reklama tasvirlari ushbu smartfonning boshqa jihatlarini ham oshkor etmoqda. Jumladan, bosh kamera naq to‘rtta datchikni o‘z ichiga oladi va bu narx doirasidagi qurilmalar orasida misli ko‘rilmagan darajada – naq 20 karralik gibrid zumga ega.

Uning asosiy datchigi 64 megapiksellik, ikkinchisi – ko‘rish qamrovi 115 darajalik keng burchakli kamera, uchinchisi – teleob’yektivli va to‘rtinchisi – portret suratlarga mo‘ljallangan kamera.

Navbatdagi rekord: mazkur model akkumulyatori 65 vattlik Super VOOC tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Agarda shunday quvvatdagi zaryadchik smartfonning qadog‘idagi jamlanma tarkibiga kiritilsa, Realme X2 Pro eng optimal telefon bo‘lib chiqadi!

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Mana, quyida kompaniya Realme X2 Pro modeliga bag‘ishlab tayyorlagan rasmiy videoni ko‘ramiz:

Realme X2 Pro bir vaqtning o‘zida Osiyo va Yevropada taqdim etilishi va sotuvga chiqarilishi ma’lum, ammo narxini kompaniya aniq aytmagan. Mazkur brendning asosiy raqibi – Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz internet do‘konimizdan 610 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Eng arzon 5G-smartfon endi Xiaomi Mi 9 Pro 5G emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!