Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2204
  •  20.09.2019 07:37

Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

Xiaomi kompaniyasi Redmi K20 Pro smartfonining Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan Exclusive Edition versiyasini taqdim qilishi haqida yaqinda xabar tarqalgan edi. Kutilganidek, kecha – 19 sentyabr kuni mazkur model Redmi K20 Pro Premium nomi ostida namoyish etildi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 Pro allaqachon savdoda, lekin u hafsalani pir qildi! (+ilk «jonli» rasm va videolari)

Aytish kerakki, Premium versiyasi «oddiy» Redmi K20 Pro (sotib olish) modelidan farqlari unchalik ham ko‘p emas. Asosiy afzalligi – Snapdragon 855 o‘rniga unda Snapdragon 855 Plus protsessori qo‘llangan. Lekin shuning o‘ziyoq unga AnTuTu samaradorlik testida taxminan 20 foiz ustunlikni ta’minlab bergan:

Shuningdek, xotira konfiguratsiyalari va ularga mos tarzda narxlari ham oshgan. Redmi K20 Pro boshlang‘ich konfiguratsiyada 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega bo‘lsa, Redmi K20 Pro Premium modelining eng kichkina xotirali variantida bu ko‘rsatkich 8/128 gigabaytga teng. Xiaomi mana shu boshlang‘ich varianti uchun 380 dollar so‘rayapti, undan qimmatroq – 425 dollarlik varianti esa 8 GB tezkor va naq 512 GB ichki xotiraga ega! Undan ham qizig‘i – hozirda aksiya doirasida xuddi shu narxga 12/512 gigabaytlik tezkor/doimiy xotirali flagmanni ham olsa bo‘ladi. Ushbu aksiya 24 sentyabrda tugab, keyin K20 Pro Premium’ning eng ilg‘or konfiguratsiyadagi varianti 450 dollardan sotiladi.

Eng kuchli Android-protsessorga ega ushbu flagmanlarning qolgan barcha xususiyatlari va dizayni ham Redmi K20 Pro bilan aynan bir xil. Uning bosh kamerasida 64 megapiksellik sensor qo‘llanishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rusumlardagi aksariyat Xiaomi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!