Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

  •   DiMaX
  •  4358
  •  11.05.2019 10:28

Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Snapdragon 855 protsessorli eng arzon flagmanning Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2 va hatto Redmi Q deb atalishini aytishgan. Lekin yaqinda e’lon qilingan «jonli» suratdan ushbu modelning Redmi K20 Pro ekani ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

Bundan ikki haftacha avval Xiaomi korporatsiyasi yetakchisi Ley Szun (Lei Jun) hamda Redmi brendi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) «xitoycha Twitter» – Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ochiqchasiga fikr almashishgandi.

Ley Szun unda Mi 9 hamda Mi 9 Explorer Edition flagmanlarining AnTuTu’dagi natijasini e’lon qilgan va Veybingga «musobaqaga qo‘shilish»ni taklif etgan. Redmi yetakchisi esa «Biz tayyormiz», deganicha, brendning kutilayotgan flagmani ulardan qolishmasligiga ishora qilgan.

O‘QING: Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Lyu Veybing kecha Weibo tarmog‘ida xabar qilishicha, xodimlari unga Redmi K20 Pro samaradorligi haqida ma’lumot berishgan va vitse-prezident mazkur ko‘rsatkichdan cho‘chib tushgan.

Aftidan, tayyorlanayotgan Redmi flagmani samaradorligi chindan ham Mi 9 va uning lyuks versiyasidan yuqori. Agarda smartfonda grafik chip – GPU ishini kuchaytirish texnologiyasi qo‘llansa, bunga erishish aytarli qiyin emas. Ya’ni, Snapdragon 855 protsessori uchta (CPU, UX va xotira bo‘yicha) testda odatdagi natijalarga erishsa-da, to‘rtinchi – GPU testida boshqalardan yuqoriroq ko‘rsatkich namoyon etadi. Redmi K20 Pro aynan shu jihati bilan barcha Mi 9 flagmanlaridan ustun kelayotgan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

Mi 9 flagmani AnTuTu testida 380 000 ball olayotgan bo‘lsa, kuzatuvchilarning taxminicha, Redmi K20 Pro bemalol 400 000 ballik ko‘rsatkichdan oshgan. Bu natija esa Lyu Veybingni cho‘chitgan bo‘lishi tabiiy.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya mazkur qurilmasini 13 may yoki 14 may kuni namoyish etishi kutilmoqda. Allaqachon bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!