Redmi K20 Pro yana arzonlashtirildi

Redmi K20 Pro yana arzonlashtirildi

Xiaomi Xitoyda Redmi K30 smartfonini sotishni boshladi, biroq hali sotuvda bo‘lgan Redmi K20'lar ham talaygina. Mana shu qurilmalarning barchasini sotib tugatish va Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlash uchun kompaniya Redmi K20 Pro Premium smartfonini 403 AQSh dollarigacha arzonlashtirdi.

Redmi K20 Pro'ga Snapdragon 855 chipi qo‘yilgan edi, biroq keyingi talqin bo‘lgan Premium versiya SD855+ bilan taqdim qilindi. Xiaomi'ning onlayn do‘konida qurilmaning 12/512GB li versiyasi sotuvda.

Smartfon taqdim qilinganda kompaniya unga 461 dollar narx qo‘ygan, keyin esa dekabr oxirida 432 dollargacha arzonlashtirgandi, mana yana narxlar pasaytirildi.

Xitoylik kompaniya Mi 10 lineykasini fevral oyida, Barselonadagi Butunjahon mobil ko‘rgazmasi (MWC 2020) da taqdim qilishi kutilmoqda. Ayni damda, kompaniya sub-brendi Redmi Snapdragon 865 chipida ishlovchi Redmi K30 Pro'ni namoyish qilishi kerak.

O‘QING: Xiaomi’ga ham koronavirus kasri urdi – Mi 10 taqdimoti bekor qilinyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!