Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

Sotuvga chiqqaniga bir qancha muddat bo‘lgan Redmi K20 o‘zining yuqori darajadagi funksionalligi hamda hamyonbop narxi sabab ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. JerryRigEverything nomi bilan tanilgan YouTube'chi Zek Nelson smartfonni o‘zining mashhur chidamlilik sinovidan o‘tkazdi. Ko‘raylik-chi, qurilma imtihondan "besh" olarmikan.

Displeyning chidamlilik sinovi bilan boshlangan imtihonda K20 Pro'ning Gorilla Glass 5 ekrani Moxs qattiqlik shkalasi bo‘yicha 6 darajali chizilish ko‘rsatkichini qayd etdi — aksariyat smartfonlar kabi. Yuqori tomonda joylashgan karnay ustki to‘ri metalldan ishlangan bo‘lsa, korpusdan sizib chiquvchi kamera moduli plastikdan ishlangan, ob’yektiv esa shisha qoplama bilan himoyalangan. 

Og‘ir bosim o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay, pop-up kameraga hech qanday shikast yetmadi. Kutilganidek, qurilmaning yon hoshiyasi va barcha tugmalari alyuminiydan ishlangan bo‘lsa, orqa panelni xuddi displeydagi kabi Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. Uchta orqa kamera ham shisha qoplamaga ega. Devays, shuningdek, ekranga olov tutib o‘tkazilgan sinovdan ham "yorug‘ yuz bilan" o‘ta oldi.

7 darajali mineral datchik chizilish ko‘rsatkichidan keyin ham optik barmoq izi skaneri ishlayverdi. Bu video qayirish sinovisiz JerryRig videosi bo‘lmasdi. Bu sinovdan ham qahramonimiz eson-omon o‘tdi.

O‘QING: Redmi K20 Pro allaqachon Terashop.uz’da! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 6 sentyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!