Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  3726
  •  24.05.2019 11:48

Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Xitoyning mashhur AnTuTu benchmarkida salkam 460 000 ballik rekord qo‘ygan eng arzon flagman – Redmi K20 taqdimot kunini Xiaomi rasman aytgan. Kuni kecha ushbu «qotil» smartfonning yana bir flagmancha jihati ham ma’lum bo‘lgandi.

O‘QING: Redmi K20 ilk rasmiy suratda: «katta iblis» kutilganidan boshqacharoq ekan!

Xiaomi kompaniyasi Redmi K20 flagmanlarining taqdimotiga juda o‘zgacha yondashmofda. Mazkur tadbir uchun Xitoydagi jurnalistlarga tarqatilgan taklifnoma ham bunga yaqqol misoldir.

Taklifnoma shunchaki qog‘oz yoki buklet, hatto paket ham emas, balki katta qizil quti shaklidadir:

Qadoqning ustiga «Redmi K20» yozuvi, orqa tomonida esa ushbu smartfon ramzi bo‘lmish «iblislar qiroli» tasviri hamda «Redmi» yozuvi tushirilgan:

Lekin qiziqarlisi – quti ichida qog‘oz taklifnomadan tashqari haqiqiy boksyorlar qo‘lqopi bor! Bu bilan esa Xiaomi mazkur flagmanning jangovar ruhini ta’kidlamoqda.

Qo‘lqopga «Redmi K20» yozuvi hamda «Whatever it takes» shiori, shuningdek, «katta iblis» tasviri tushirilgan. Mazkur sloganni «Nima bo‘lganida ham» yoki «Har qanaqasiga» deb o‘girish mumkin.

Xohlovchilar Redmi qo‘lqoplarining «jonli» suratlarini mana bu yerda batafsil tomosha qilishlari mumkin.

O‘QING: Meizu taqdimot taklifnomasiga go‘sht ham qo‘shib yubordi

Bizda esa Redmi flagmanlariga doir yana bir ma’lumot bor – ularning taxminiy narxlari ma’lum!

Xiaomi Industry Investment Department hamkori bo‘lgan taniqli xitoylik tahlilchi Pan Szyutan (Pan Jiutang) mazkur smartfonlarning narxlari haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, mazkur gadjetlar uchun 2000–4000 yuan o‘rtasida narx belgilanadi.

Ya’ni, turli konfiguratsiyalardagi Redmi K20 smartfoni narxlari 289 AQSh dollaridan boshlansa, Redmi K20 Pro flagmanining eng ilg‘or versiyasi 578 dollargacha baholanadi.

Ushbu ma’lumotlarning haqiqatga naqadar to‘g‘ri kelishi 28 may kuniga belgilangan taqdimotda aniq bo‘ladi. Allaqachon bozorga chiqqan ayrim Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.