Redmi K20: yaxshi yangilik!

Redmi K20: yaxshi yangilik!

O‘zining may oyida taqdim qilingan Redmi K20 va Redmi K20 Pro smartfonlari bilan Xiaomi smartfon dunyosidagi "flagmanlar qotili"ni yaratishni maqsad qilgandi va shunday bo‘ldi ham. 

Bu ikki qurilmaning taqdimotidan bir necha oy o‘tib, mana, Redmi K30 va K30 5G'lar ham taqdim qilindi (K30 Pro ustida ishlanatoyotgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas). 

Yangi flagmanlar taqdimotida Xiaomi'dagilar ortda nazar tashlab, K20 oilasi savdolari qanchalik darajada bo‘lganiga ham to‘xtalib o‘tdi. Aytilishicha, maydan buyon Redmi K20 va K20 Pro smartfonlari butun dunyo bo‘ylab 4.5 million donadan ortiq sotilgan. Bu haqida Playfuldroid sayti xabar bermoqda.Devayslarning yuqori texnik jihatlari va narxining uyg‘unlashtirilgani global bozordagi bunday natijaga sabab bo‘lgani shubhasiz. Qani, ko‘raylik-chi, K30 oilasi ham ushbu an’anani davom ettirarmikan.

O‘QING: Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!