Redmi K30 4G’dan ham arzon Poco X2 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1522
  •  30.01.2020 14:02

Redmi K30 4G’dan ham arzon Poco X2 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi! (+«jonli» surat)

Xiaomi avvalroq Pocophone’ni mustaqil brend tarzida ajratgan va uning ikkinchi smartfoni chiqishini tasdiqlagan. Uning navbatdagi qurilmasi esa Pocophone F2 yoki Pocophone X2 (Poco X2) deb nomlanishi kutilayotgan edi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)

Endi aniq bo‘ldiki, ushbu brend ostidagi navbatdagi smartfon Poco X2 nomi bilan chiqadi. Xiaomi uning nomi va namoyish kunini ilk bor quyidagi tizerda e’lon qilgan:

Demak, atigi besh kundan so‘ng Xiaomi Poco X2 modeli taqdim etiladi. Biroq ushbu model hali o‘tgan yilning avgustida namoyish qilingan 300 dollarlik Pocophone F1 smartfonining davomchisi emas, unisi boshqa bo‘lib, keyinroq chiqadi:

O‘QING: Pocophone F2 qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

Aytish kerakki, Poco X2 smartfoni aslida Redmi K30’ning Hindiston uchun rebrending qilingan variantidir. Quyidagi «jonli» surati uning asosiy texnik jihatlarini aks ettirgan:

Demak, Poco X2 diagonaliga 6,7 dyuymlik suyuq kristalli ekranga ega bo‘lib, displeyda tasvir yangilanish chastotasi 120 gersni tashkil etadi. Uning kameralari va boshqa texnik jihatlari ham o‘sha Redmi K30 modelinikiga o‘xshash.

Yangi smartfon 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotira bilan chiqariladi. Akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soat bo‘lib, USB-C porti orqali 30 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

O‘QING: Xiaomi sir tutayotgan yana bir arzon flagmanni Geekbench fosh etdi!

Quyidagi posterda ma’lum qilinishicha, Poco X2 narxi 209 dollardan boshlanadi; xuddi shunday konfiguratsiyali Redmi K30 4G modeli esa Xitoyning o‘zida 230 dollardan sotilmoqda:

Avvalroq AnTuTu test ilovasida Phoenixin kodli nomi ostida tekshirib ko‘rilganida, Poco X2 modelining «elektron yuragi» Snapdragon 7150 deb ko‘rsatilgandi. Bu esa o‘sha Redmi K30 4G smartfonida qo‘llangan Snapdragon 730G protsessorining ichki nomlanishidir.

O‘QING: Xiaomi’ning barcha do‘konlari yopilyapti – vaziyat o‘ta jiddiy!