Redmi K30 5G’ning munosib raqibini Samsung tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  1254
  •  16.12.2019 09:40

Redmi K30 5G’ning munosib raqibini Samsung tayyorlayapti

Xiaomi korporatsiyasining Redmi K30 5G smartfoni hozirda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi eng arzon telefon bo‘lib turibdi. Biroq u hali 15 yanvarda savdoga chiqariladi, hozircha uning 4G-versiyasi savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Mazkur 5G-smartfon Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan dunyodagi ilk devays sifatida ham ma’lum. Ayni shu chipset bazasida Samsung ham hamyonbop 5G-telefon tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususda TechMate nikli insayder Twitter orqali xabar bergan:

Qualcomm Snapdragon 765G protsessori qo‘llanayotgani bois, ushbu smartfon nisbatan arzon bo‘ladi. Qolaversa, Samsung unga yaxshi kamera o‘rnatsa kerak – kamida Redmi K30 darajasida.

Yangi 5G-smartfonning katalog raqami ham aniq aytilgan – KM8V8001JM-B813, biroq boshqa birorta xususiyati haqida ma’lumot yo‘q. Mantiqan olganda, uni Galaxy A turkumida chiqarishsa kerak, ammo aynan qanday model bo‘lishini hali vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Xiaomi bu bozorda Huawei, Samsung va hatto Apple’ni ham ortda qoldirdi!