Redmi K30 arzonlashdi – Redmi K30i taqdimoti yaqinmi?

  •   DiMaX
  •  1425
  •  22.04.2020 11:11

Redmi K30 arzonlashdi – Redmi K30i taqdimoti yaqinmi?

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi o‘tgan yilning dekabrida Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini taqdim etgan. Bu – hozirgacha bozorga chiqqan Qualcomm protsessorli 5G-smartfonlarning eng arzonidir.

O‘QING: Aldanib qolmang: Redmi Note 9 Pro protsessori Qualcomm’nikidan boshqa bo‘lishi ham mumkin!

Taqdimotidan besh oy o‘tib, kompaniya Redmi K30 4G smartfonining narxini pasaytira boshladi. Aniqrog‘i – hozircha uning bittagina, 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti arzonlashgan. Xitoyda uning rasmiy narxini 1699 yuandan 1599 yuangacha (240 dollardan 226 dollargacha) pasaytirishgan:

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday «saxiylik» sababi – yaqin orada Redmi K30i rusumli yangi modelning namoyish etilishi bo‘lishi mumkin. Redmi brendi narxi 254 dollardan boshlanuvchi mazkur devays eng arzon 5G-smartfon borasidagi rekordini yangilaydi.

O‘QING: Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!