Redmi K30 – hali eng zo‘ri emas: uning Pro-versiyasi Snapdragon 865 bilan chiqadi!

  •   DiMaX
  •  935
  •  06.12.2019 10:52

Redmi K30 – hali eng zo‘ri emas: uning Pro-versiyasi Snapdragon 865 bilan chiqadi!

Amerikalik chipsoz kuni kecha Gavay orollarida Snapdragon Technology Summit nomli rasmiy taqdimot tadbirini o‘tkazdi. Qualcomm unda yangi mahsulotlarini, jumladan, Snapdragon 865 flagman protsessorini hamda o‘rta narxli 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 765G chipsetini namoyish etdi.

O‘QING: Snapdragon 865'da kutilgan yangilik!

O‘sha tadbirda qatnashgan Xiaomi prezidenti Lin Bin (Lin Bin) esa Snapdragon 865 chipli ilk smartfonlardan biri Xiaomi Mi 10 bo‘lishini e’lon qildi. Shuningdek, Snapdragon 765G protsessori ham ilk bora Xiaomi mahsulotida – arzonchi brendning 10 dekabrda namoyish qilinadigan Redmi K30 flagmanida qo‘llanmoqda.

Redmi K30 modeli ushbu brendning eng kuchli smartfoni bo‘lib, kamida ikkita jihatdan dunyoda birinchi bo‘lyapti. Ammo, taniqli insayder Sudhanshu Ambhore yozishicha, kompaniya hali undan ham zo‘rini tayyorlamoqda. Bu – Redmi K30 Pro rusumli navbatdagi flagman bo‘lib, u hozirgacha ma’lum bo‘lgan protsessorlarning eng kuchlisi – Snapdragon 865 bazasida ishlaydi!

Insayderga ko‘ra, Redmi K30 Pro flagmanini istaganlar hali sal sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi – uning rasmiy namoyishi hali 2020 yilning mart oyidagina bo‘lib o‘tadi.

Redmi K30 modeli esa 10 dekabrda taqdim etiladi va Xiaomi shu munosabat bilan naq beshta devaysini rasman arzonlashtirgan. Bu marosimda yana Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Yana bir ommabop Redmi smartfoniga barqaror global MIUI 11 kela boshladi