Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

  •   DiMaX
  •  2721
  •  14.10.2019 14:56

Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi Redmi brendi bugun – 15 oktyabr kuni o‘zining birinchi 5G-smartfonini e’lon qildi. Uning o‘ziga xosliklaridan biri – ekranda juft kamera uchun tirqish ochilgan.

O‘QING: Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

Redmi K30 rusumli yangi smartfonni Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) e’lon qildi. Uning aytishicha, mazkur qurilmada qo‘llanayotgan 5G-modem ham avtonom (SA), ham noavtonom (NSA) tarmoq arxitekturalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirgacha ma’lum bo‘lgan modemlardan faqat Huawei ishlanmasi – Balong 5000 chipi shunday xususiyatga ega. Lekin kutilayotgan Redmi K30 flagmani Kirin protsessori emas, balki Qualcomm yaqinda e’lon qilgan Snapdragon 7 Series 5G chipseti bazasiga qurilyapti.

Redmi K30 displeyidagi old kamera tirqishi, xuddi Galaxy S10+ smartfoni (sotib olish) selfi-kamerasi kabi, yuqori o‘ng burchakda ochilgan. Bu esa arzonchi brendning kutilayotgan modeli Samsung flagmaniga raqobatchi bo‘lishiga ishora qilayotir.

O‘QING: Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

Xitoy hukumati ilk 5G-smartfonlar ishlab chiqaruvchilarga shu yilning iyunidan litsenziyalar bera boshlagan edi. Ayni damda «Osmon osti saltanati»da o‘ndan oshiq modelda shunday gadjetlar namoyish qilingan. Jumladan, yaqindagina namoyish qilingan va allaqachon sotuvga chiqqan Xiaomi Mi 9 Pro 5G narxi atigi 520 dollardan boshlanadi, ammo raqiblaridan biri undan ham arzonroq 5G-smartfon tayyorlamoqda. Redmi K30 esa ularning barchasidan arzon bo‘lishiga umid qilsak bo‘ladi.

Hozircha Redmi K30 narxi ham, taqdimot vaqti ham noma’lum; biroq smartfonsozlar Snapdragon 7 Series 5G namunalarini shu yilning ikkinchi choragidayoq olishgan. Shunga qaraganda, bu protsessorga asoslangan qurilmalarning shu yil oxirigacha ko‘plab paydo bo‘lishini kutish mumkin. Xiaomi esa, bilasizki, imkon qadar birinchilikka intilib kelmoqda – demak, Redmi K30 hamda Redmi K30 Pro shu yaqin bir – bir yarim oy ichida chiqib qolsa kerak.

Aytib o‘tish kerakki, global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin. Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning yaqinda namoyish qilingan smartfonlari – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!