Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

  •   DiMaX
  •  1641
  •  30.11.2019 12:39

Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

Xiaomi korporatsiyasining hamyonbop mahsulotlarga ixtisoslashgan brendi o‘zining ilk 5G-smartfoni – Redmi K30 modelini 10 dekabrda taqdim etmoqchi. O‘sha tadbirda yana brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Atigi 140 dollarga 5G-smartfon olasizmi?

Redmi K30 modelining AnTuTu benchmarkining etalon testida Snapdragon 855+ va hattoki Apple A13 Bionic protsessorlaridan ham yuqori natija ko‘rsatgan eng kuchli 5G-protsessor – MediaTek Dimensity 1000 bazasiga qurilishi ma’lum. Tayvanlik chipsozning hamyonbop chipi bois smartfonning tannarxi ham uncha baland bo‘lmasligi ma’lum.

Hozirgacha chiqqan xabarlarda Redmi K30 flagmanining narxi 285 dollardan boshlanishi aytilayotgan edi. Ammo mashhur informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qilgan xabar fanatlarning hafsalasini pir qildi. Zero, mazkur smartfon kutilganichalik arzon emas, balki 327 dollarga narxlanayotgan ekan.

Shunday bo‘lgan taqdirda ham Redmi K30 bu narxga arziydi. Qurilma SA va NSA rejimidagi 5G tarmoqlarida ishlaydi. Diagonaliga 6,66 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik, yangilanish chastotasi esa 120 Gs. Ekran tirqishidagi qo‘shaloq old kameraning bosh moduli 32 megapiksellik, bosh kameraning asosiy sensori esa 60 megapiksellik Sony IMX686 datchigidir. Smartfonning 5000 mA/soatlik akkumulyatori 27 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Uni NFC moduli, infraqizil port va 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi bilan ta’minlashmoqda.

O‘QING: «Undan nimam kam!?» – Xiaomi ham 140 dollarlik 5G-smartfonlar va’da qilyapti

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!