Redmi K30 Pro Geekbench'da!

Redmi K30 Pro Geekbench'da!

Redmi K30 Pro qanchalik kuchli qurilma ekanligiga qiziqqanlar uchun yangilik! Snapdragon 865 chipida ishlovchi Xiaomi smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi.

Snapdragon 865 SoC, 8GB tezkor xotirali qurilma Geekbench 5.1 benchmarkida yakka yadro sinovida 900, bir necha yadroli sinovda esa 3300 ball to‘pladi. Ushbu natija Snapdragon 855'larning 500/2200 lik ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqori.Redmi K30 Pro, tabiiyki, Android 10'da ishlaydi.

Xiaomi va sub-brend Redmi Snapdragon 865 chipida ishlovchi qator smartfonlar tayyorlamoqda. Bugun K30 Pro taqdim qilinsa, ertasiga Poco F2 va hokazo. Oldinda hali Mi 10 va Mi 10 Pro'lar ham turibdi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!