Redmi K30 Pro kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro va Galaxy S20 Ultra bilan solishtiramiz! (ikkita video)

  •   DiMaX
  •  1917
  •  02.04.2020 11:33

Redmi K30 Pro kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro va Galaxy S20 Ultra bilan solishtiramiz! (ikkita video)

Xiaomi kompaniyasi 24 mart kuni Xitoyda onlayn taqdimot marosimini o‘tkazgan edi. Unda bir qator gadjetlar namoyish etilgan bo‘lsa-da, eng asosiysi – Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlari bo‘lgan.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Ilg‘or texnik xususiyatlari va hamyonbopligi bilan Redmi K30 Pro bestsellerga aylangan. Xo‘sh, foto va video suratga olish imkoniyatlari bo‘yicha ham u qimmat flagmanlar bilan bellasha oladimi?

Qiziquvchan vlogerlar shunga aniqlik kiritish maqsadida yangi 5G-smartfonni iPhone 11 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari bilan taqqoslab, videosini e’lon qilishdi:

Eslatib o‘tamiz, Redmi K30 Pro bosh kamerasida asosiy modul sifatida qo‘llangan 64 megapiksellik Sony IMX686 sensori optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega. Unda yana 13 MPlik keng burchakli modul, 5 MPlik makroob’yektiv hamda 5 MPlik chuqurlik datchigi ham mavjud.

Ikki va hatto uch barobar qimmat bo‘lgan iPhone 11 Pro hamda Galaxy S20 Ultra bilan qiyoslaganda, yaxshi yoritilgan sharoitlarda Redmi K30 Pro olgan suratlar sifatida farq kam. Yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda esa faqat tungi rejim bilan olingan rasmlar sifati flagman modellarda olingan rasmlarga yaqin keladi. Biroq old kamerada barqarorlashtirish tizimi qo‘llanmaganligi bois unda video suratga olganda tsvir qaltirab turadi. Lekin videoblogerni Redmi K30 Pro kamerasidagi makro rejimi hayratga solgan.

O‘QING: Galaxy S20'larda Samsung oshkor qilmagan jihat bor ekan

Shuningdek, Redmi K30 Pro modelining suratga olishini korporatsiyaning ayni damdagi eng kuchli flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro bilan ham taqqoslashgan:

Rasm hamda video olish bo‘yicha Redmi K30 Pro ko‘p hollarda ortda qolgan bo‘lsa-da, portret hamda makrorejimlarda uning ustunligi seziladi.

Lekin hozirda eng kuchli bo‘lib turgan Android-protsessorga, ya’ni Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasiga ega bo‘lgan eng arzon smartfon uchun shu yuqoridagi natijalarning o‘zi ham yaxshi ko‘rsatkich.

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan yangi flagman bilan tanishing! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!