Redmi K30 Pro narxiga bosh direktor aniqlik kiritdi – afsuski, bu xushxabar emas...

  •   DiMaX
  •  1708
  •  27.02.2020 11:49

Redmi K30 Pro narxiga bosh direktor aniqlik kiritdi – afsuski, bu xushxabar emas...

Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari yaqinda Redmi K30 Pro haqidagi muhim ma’lumotni «sotib qo‘ygan»i uchun jarima to‘lagan edi. Lu Veybing (Lu Weibong) shundan keyin ham kutilayotgan flagmanning «kambag‘albop» emasligini aytgan.

O‘QING: Eng arzon Redmi smartfoni – endi atigi 70 dollardan!

Bir necha yil mobaynida Xiaomi kompaniyasining flagmanlari narxi 2999 yuan (425 AQSh dollari)dan oshmasdan kelgan. Biroq bu yilgi Xiaomi Mi 10 ancha qimmat – 3999 yuanga baholangan. Aftidan, korporatsiyaning subbrendi – Redmi flagmanlari ham narx borasida shu yo‘ldan ketadi.

Kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi Group China fan-klubi a’zolari Lu Veybing (Lu Weibong) bilan ommaviy suhbatlashishgan. Shunda fanatlarning «Redmi K30 Pro flagmani 2999 yuanlik qurilmalar doirasiga kiradimi?» degan savoliga brend bosh direktori rad javobini bergan.

Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi K30 Pro uchun versiyasiga qarab 3099–3899 yuan (440–554 dollar) miqdorida narx belgilanadi.

O‘QING: Redmi bestsellerining eng qimmat versiyasini endi eng arzoni narxida olish mumkin

Shuningdek, ilk rasmiy posteri Redmi K30 Pro flagmanining korpus ichidan chiquvchi old kameraga ega ekanini tasdiqlaydi:

Aytish kerakki, Redmi K30 Pro smartfoni mart oyida namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti yaqin: Xitoydan tashqarida ham Redmi Note 8 Pro arzonlashyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.