Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  3152
  •  04.04.2020 12:23

Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Xiaomi korporatsiyasi joriy yilning 13 fevralida navbatdagi flagmanlari – Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarini taqdim etgan edi. O‘tgan yillardagi flagmanlardan farqli ravishda, bu ikkalasi birmuncha qimmat bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: bu gal Mi 10 Pro flagmani!

Hattoki Xitoyning o‘zida ham Mi 10 narxi 575 dollardan, Mi 10 Pro esa – 715 dollardan boshlanadi. Yevropada esa ular yanada qimmat: standart flagman kamida 800 yevro, uning Pro-versiyasi esa 1000 yevro turadi! Taqqoslash uchun aytib o‘tsak: bulturgi Mi 9 o‘z yurtida 445 dollardan, Yevropada esa – 450 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotilgan edi.

Lekin yaqindan beri Xiaomi fanatlari uchun tanlash imkoniyati mavjud: Mi 10 yoki Mi 10 Pro o‘rniga endi Redmi K30 Pro olish mumkin. Yaqindagina biz uning kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro hamda Galaxy S20 Ultra bilan solishtirilgan ikkita videosini e’lon qilgan edik.

Redmi brendining ushbu flagmani hamda uning Redmi K30 Pro Zoom Edition versiyasini 24 mart kuni taqdim etgan. Ularning narxlari esa AQSh dollariga o‘girganda taxminan quyidagicha:

Redmi K30 Pro 6/128 GB – $423

Redmi K30 Pro 8/128 GB – $480

Redmi K30 Pro 8/256 GB – $522

Redmi K30 Pro Zoom Edition 8/128 GB – $535

Redmi K30 Pro Zoom Edition 8/256 GB – $564

Aytish kerakki, Redmi K30 Pro modeli hozirda eng kuchli bo‘lib turgan Android-protsessorga, ya’ni Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasiga ega bo‘lgan eng arzon smartfondir. Taniqli tahlilchi Pan Szyutan (Pan Jiutang) ta’kidlashicha, joriy yilda birorta ham smartfonsoz ushbu modeldan arzonroq va yaxshiroq telefon taklif qila olmaydi. Bu qurilma AnTuTu benchmarki bo‘yicha 2020 yilning mart oyidagi eng kuchli smartfonlar o‘ntaligiga ham kirgan.

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Modomiki arzonchi brendning Redmi K30 Pro flagmani Xiaomi Mi 10 Pro bilan bir xil protsessorga va o‘zaro yaqin texnik xususiyatlarga ega ekan, samaradorlik bobida ham u bilan bellasha oladimi?

Tech/NickBrazer nikli videobloger shunga oydinlik kiritish maqsadida «Xitoycha Apple»ning shu ikkala smartfonini tekshirib ko‘rgan va mazkur testning «jonli» videosini e’lon qilgan. Garchi unda Redmi K30 Pro flagmanining Zoom Edition talqini qatnashgan bo‘lsa-da, u standart modeldan faqat kamerasi bilangina farq qiladi.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, nisbatan arzon Redmi K30 Pro modeli ishlash tezligiga ko‘ra kompaniyaning eng zo‘r flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelidan qolishmas ekan. Hatto ayrim holatlarda undan ko‘ra yaxshiroq natija ham ko‘rsatgan.

Shunday ekan, aynan Xiaomi mahsuloti bo‘lmish zo‘r smartfon xarid qilish niyatida bo‘lsangiz, cho‘chimasdan Redmi K30 Pro’ni tanlayversangiz bo‘ladi. Agar sizga telefonning kamerasi ham muhim bo‘lsa, u holda Redmi K30 Pro Zoom Edition versiyasi – eng maqbul tanlovdir.

O‘QING: Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!