Redmi K30 Pro: rasmiy taqdimot vaqti, AnTuTu testi videosi, «Forsaj 9»dagi ishtiroki va ilg‘or jihatlari!

  •   DiMaX
  •  1232
  •  18.03.2020 12:33

Redmi K30 Pro: rasmiy taqdimot vaqti, AnTuTu testi videosi, «Forsaj 9»dagi ishtiroki va ilg‘or jihatlari!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgan va uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qilgan. Endi hamma uning Redmi K30 Pro flagmanini kutayotgandi, biroq...

O‘QING: Umuman kutilmagan yangi smartfon – Redmi Note 9S taqdimot kuni e’lon qilindi

Kuni kecha biz, Redmi K30 Pro namoyishi 24 martga rejalashtirilganligi haqidagi insayderlar ma’lumotini e’lon qilgan edik. Endi esa kompaniya shu ma’lumotni rasman tasdiqlovchi tizerini ham e’lon qildi.

Demak, kelasi haftaning seshanba kuni – 24 martda Redmi K30 Pro rasman namoyish etiladi.

O‘QING: Xiaomi'ning 9 ta antiqa gadjetini bilasizmi?

Redmi K30 Pro doimiy xotirasi avval taxmin qilinganidek UFS 3.0 emas, balki hozirda eng tezkor bo‘lgan UFS 3.1 turidagi chip ekan!

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, UFS 3.1 toifasidagi doimiy xotira chiplari soniyasiga 750 MBgacha ma’lumot o‘qish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu flagman eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 865 bazasiga qurilishi, tezkor xotirasi ham yangicha LPDDR5 toifali bo‘lishi ma’lum.

O‘QING: Redmi K30 Pro narxiga bosh direktor aniqlik kiritdi – afsuski, bu xushxabar emas...

Internetda yana mazkur smartfonning AnTuTu ilovasida tekshirib ko‘rsatilgan «jonli» videosi ham tarqaldi. Bunda u Honor brendining eng tezkor modeli – Honor V30 Pro flagmanidan ustun kelgan!

Guvohi bo‘lganingizdek, Redmi K30 Pro modeli AnTuTu ilovasida 610 000 balldan oshiq natija ko‘rsatgan.

O‘QING: TOP-10: Bu gal endi eng kuchli smartfonlar boshqa! (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Yana bitta rasmiy ma’lumot: Redmi K30 Pro flagmani hali ekranlarga chiqmagan «Forsaj 9» («Fast and Furious 9») badiiy filmining eksklyuziv hamkori bo‘libdi:

Ya’ni, mazkur filmlar turkumi ishqibozlarining sevimli qahramoni Dominik Toretto navbatdagi kinoda qo‘lida Redmi K30 Pro bilan namoyon bo‘ladi.

O‘QING: Apple ularning iPhone ishlatishini qat’iyan taqiqlagan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.