Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  2425
  •  02.12.2019 14:37

Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

«Xitoycha Apple» o‘zining arzonchi brendiga mansub yangi 5G-flagmani – Redmi K30 modelini tayyorlayotganini bilamiz. Ushbu namoyish oldidan oldingi avlod smartfonlarining narxlarini pasaytirmoqda.

O‘QING: Redmi K30 haqidagi yangi xabar hafsalani pir qildi!

Jumladan, brendning shu paytgacha eng zo‘r flagmani bo‘lib kelayotgan Redmi K20 Pro Exclusive Edition (ya’ni – Redmi K20 Pro Premium) versiyasi Xitoyda arzonlashdi. Hali bir yarim oygina avval rasman namoyish etilgan va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatgan bu smartfonning 8/512 GBlik tezkor/ichki xotirali varianti 425 AQSh dollariga narxlangan edi. Endi esa Xitoyda uni ancha arzon – 355 dollardan taklif etishyapti!

Aytish kerakki, Snapdragon 855 Plus protsessorli Redmi K20 Pro Premium modeli jahon bozoriga Xiaomi Mi 9T Pro Premium nomi ostida chiqarilishi kutilayotir.

O‘QING: Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

Manbalarga ko‘ra, Xiaomi yana «double 12» nomli, ya’ni 12 dekabrga bag‘ishlangan aksiyasida yana to‘rtta devaysini ham arzonlashtirmoqda. Bular – Mi Band 4 NFC smart-brasleti (sotib olish), Redmi 8A smartfoni (xarid qilish), Mi Notebook Pro 15,6 noutbuki hamda Mi TV 4A rusumli televizordir.

5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Redmi 8A telefoni 14 dollarga arzonlashib, endi 99 dollardan sotilmoqda. Mi Notebook Pro 15,6 laptopining eng ilg‘or konfiguratsiyali versiyasi narxi 70 dollarga pasaytirilgan va xitoyliklar uni endi 1065 dollarga olishlari mumkin. Mi TV 4A televizoriga 28 dollarlik chegirma e’lon qilib, endi atigi 89 dollardan savdoga qo‘yishgan. Mi Band 4 NFC fitnes-bilaguzugining narxi juda kam – atigi 3 dollarga pasaytirilgan, lekin u shundog‘am ro‘yxatdagi qurilmalar orasida eng arzoni, ya’ni 28 dollar turadi.

Darvoqe, Redmi K30 flagmani taqdimotiga bag‘ishlangan 10 dekabrdagi tadbirda yana brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Yana kuygan hid kelyaptimi? Endi Redmi Note 7 Pro yonib ketdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.