Redmi K30 Ultra ham tayyor: Xiaomi prezidenti uni o‘g‘rincha suratga olib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2184
  •  15.07.2020 09:55

Redmi K30 Ultra ham tayyor: Xiaomi prezidenti uni o‘g‘rincha suratga olib ko‘rsatdi!

«Xitoycha Apple»ning arzonchi subbrendi Redmi K30 turkumida bir nechta smartfonlarni taqdim etgan. So‘nggi paytlarda ularning safiga yana bitta – Redmi K30 Ultra modeli ham qo‘shilishi haqida xabarlar ko‘paygan.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita smartfoniga global MIUI 12 asosli barqaror proshivka tarqata boshladi

Xiaomi korporsiyasining prezidenti Lu Veybing kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi Redmi smartfonining «jonli» suratini e’lon qildi. Izohda yozishicha, unga bu qurilmani do‘sti olib kelganida, bildirmasdan rasmga tushirib olgan.

Afsuski, Lu Veybing uni to‘lig‘icha ko‘rsatmagan, tasvirda faqat orqa panelning bir qismigina aks etgan:

Shunga qaramasdan, mazkur surat Xiaomi’ning yangi smartfoni tayyor ekanini bildiradi va uning Redmi K30 Ultra ekanligi ehtimoli yuqori. Balki uni bugun – 15 iyuldagi yirik taqdimot tadbirida namoyish etishar.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Edition modellari sotuvga chiqqan.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi atigi 57 dollarga o‘yin konsoli shaklida smartfon chiqardi!