Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

  •   DiMaX
  •  3025
  •  23.10.2020 16:25

Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

Xiaomi yaqinda Yevropa bozoriga taqdim etgan flagmanlar – Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellari endi tegishlicha Redmi K30T va Redmi K30T Pro nomlari bilan chiqishi aytilgan edi. Keyin esa ishonchli insayder Snapdragon 865 protsessorli bu smartfonlarning boshqacha atalishi haqida xabar berdi.

O‘QING: Xiaomi rasmiy videoda eng so‘nggi flagmanining «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatdi

Endi esa ushbu – Redmi K30S smartfonining rasmiy namoyish kuni ma’lum bo‘ldi – bu haqdagi tizer suratlar Weibo tarmog‘ida tarqalmoqda.

Ularga ko‘ra, Redmi K30S smartfoni 27 oktyabr kuni Xitoyda taqdim qilinadi. Sotuvga esa uni 1 noyabrdan chiqarishadi.

O‘QING: Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Digital Chat Station nikli tarmoq informatori bergan xabarga ko‘ra, Redmi K30S narxi brendning bundan oldingi flagmani – Redmi K30 Ultra modelinikidan pastroq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Yevropa bozorlarida Xiaomi Mi 10T uchun 500 yevrodan boshlanuvchi narxlar belgilangan.

Shuningdek, yanada ilg‘or flagman – 108 megapiksellik bosh kamerali Redmi K30S Pro ham taqdim etilishi kerak. Weibo tarmog‘ida tarqalayotgan suratlarda esa uni Redmi K30S Commemorative Edition deb atashmoqda.

Bu ikki smartfonning xususiyatlari tegishlicha Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlariniki bilan bir xil, ular bilan esa mana bu xabarimizda tanishish mumkin.

O‘QING: iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!