Redmi K30 Ultra’ning «ichak-chovog‘ini ag‘darish» jarayonini Redmi K30 Ultra’da videoga olib ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1065
  •  18.08.2020 09:55

Redmi K30 Ultra’ning «ichak-chovog‘ini ag‘darish» jarayonini Redmi K30 Ultra’da videoga olib ko‘rsatishdi

Kuni kecha biz biz Redmi K30 Ultra smartfonining ayrim qismlarini Redmi K30 Pro modeli bilan solishtirilgan suratlarni e’lon qilgan edik. Endi esa Xiaomi rasmiy videoda mana shu yangi flagmanning ichki qismlarini bitta-bittalab ajratib olib ko‘rsatdi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

Videorolikda Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) flagmanining butlovchi qismlari bittama-bitta olib ko‘rsatilgan va har birining qisqacha izohi (afsuski, xitoychada) berilgan.

E’tiborli jihati – mazkur videolavha aynan Redmi K30 Ultra kamerasida suratga olingan va biryo‘la ushbu modelning kamera imkoniyatlarini ham namoyon etgan. Jumladan, ichi ochib ko‘rsatilayotgan smartfonning mayda detallari va ulardagi yozuvlarigacha tiniq aks etganiga guvoh bo‘lamiz.

Darvoqe, rolikka qaraganda, Redmi K30 Ultra ichini ochib qismlarga ajratish yoki ularni almashtirish, ta’mirlash unchalik qiyin emas. Faqat oldin smartfonni biroz qizdirib olish kerak bo‘lar ekan.

O‘QING: Redmi bu mahsuloti bilan bozorni «portlatdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!